"Til bilimdonlari" megatanlovi: Bilimingizni sinang va sovrin yutib oling
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi 21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan barcha bilimdonlarni "Til bilimdonlari" tanloviga taklif qiladi. Bu nafaqat bilimingizni tekshirish, balki qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatidir.
Tanlov qoidalari va ishtirok etish tartibi
Tanlov joriy yilning 22-sentabridan 16-oktabrgacha butunlay onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar @tilbilimdonlaribot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va har kuni 12 tadan test savollariga javob berishlari lozim. Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun videolavhani tomosha qiling yoki tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.
Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib borish va abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlarni olishda davom eting. Shuningdek, o‘z bilimingizni mustahkamlash uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishingiz mumkin.
Tanlov g‘oliblari uchun sovrinlar
G‘oliblar diplom va sertifikatlar bilan birga quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin: Samsung Galaxy A32
- 2-o‘rin: Mi Band 5 smartwatch
- 3-o‘rin: AirPods quloqchinlari
- 4-o‘rin: 10000 mAh Power bank
- 5-o‘rin: 16 GB tashqi xotira
- 6-20-o‘rinlar: Kitoblar to‘plami
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, hoziroq ISHTIROK ETISH tugmasini bosing va g‘oliblar qatoridan joy oling!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.