Technovators for Social Good: Ayollar uchun Britaniyaga grant

STEM sohasidagi qizlar uchun Britaniyada o’tkaziladigan One Young World sammitiga to’liq grant yutib oling. Barcha xarajatlar qoplanadi, ro’yxatdan o’ting!

4
Technovators for Social Good: Ayollar uchun Britaniyaga grant

Technovators for Social Good: Britaniyada to'liq grant

STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) sohasida o'z faoliyatini olib borayotgan yosh ayol-qizlar uchun ajoyib imkoniyat! Har yili tashkil etiladigan One Young World sammiti doirasida Technovators for Social Good stipendiyasi e'lon qilindi.

Dastur kimlar uchun mo'ljallangan?

Ushbu grant 18-30 yosh oralig'idagi, texnologiya va fan sohalarida faol bo'lgan qizlar uchun mo'ljallangan. Agar siz ham o'z kelajagingizni yonalish bo'yicha rivojlantirmoqchi bo'lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun.

G'oliblar qanday imkoniyatlarga ega bo'ladi?

Dastur g'oliblari quyidagi xarajatlardan to'liq ozod etiladi:

  • One Young World sammitida bepul ishtirok etish;
  • Manchester shahriga borish va kelish aviachiptalari;
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari;
  • Viza olish bilan bog'liq xarajatlar.

Sammit ingliz tilida o'tkaziladi. Bu kabi xalqaro tajribalar talaba va yosh mutaxassislar uchun juda muhim hisoblanadi.

Ro'yxatdan o'tish

Dastur 4 kun davom etadi. Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali rasmiy saytga o'ting: Batafsil ma'lumot.

Ushbu imkoniyat haqida nimalar deb o'ylaysiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar