O‘qishni ko‘chirish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati

O‘qishni ko‘chirish (perevod) imtihonidan o‘tgan talabalar oliygohga topshirishi lozim bo‘lgan barcha hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing.

3
O‘qishni ko‘chirish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati

O‘qishni ko‘chirish imtihonidan keyingi muhim bosqich

O‘qishni ko‘chirish (perevod) imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun oliygohlar tomonidan maxsus aloqa xati beriladi. Ushbu xatda talaba yangi ta’lim muassasasiga taqdim etishi lozim bo‘lgan barcha hujjatlar aniq ko‘rsatiladi.

Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

O‘qishni ko‘chirish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalari va buyruqlardan ko‘chirmalarni tayyorlab qo‘yishingiz tavsiya etiladi:

  • Diplom yoki attestatning asl nusxasi;
  • Transkript yoki reyting daftarchasining asl nusxasi;
  • Akademik ma’lumotnoma;
  • 1-kursga qabul qilinganlik haqidagi buyruqdan ko‘chirma;
  • Kursdan-kursga o‘tganlik to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
  • Talabalar safidan chetlashtirilganlik (o‘qishni ko‘chirish munosabati bilan) haqidagi buyruqdan ko‘chirma;
  • Oliygohning akreditatsiyasi (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari nusxasi.

Ushbu hujjatlarni to‘liq va o‘z vaqtida taqdim etish har bir talaba uchun o‘qishni ko‘chirish jarayonini rasmiylashtirishda muhim ahamiyatga ega. Hujjatlar jamlanmasining to‘liqligi o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishingizni ta’minlaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar