SIUE Meridian stipendiyasi: AQShda bepul ta'lim
AQShning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Southern Illinois University Edwardsville (SIUE) iqtidorli yoshlar uchun Meridian stipendiya dasturini e'lon qildi. Bu dastur xalqaro va mahalliy talabalarga bakalavriat bosqichida to‘liq moliyaviy ko‘mak beradi.
Meridian stipendiyasi imkoniyatlari
Ushbu stipendiya talabaning barcha o‘qish xarajatlarini, qo‘shimcha to‘lovlarni hamda o‘quv qurollari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplaydi. Dasturda ishtirok etish uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha hujjatlarni 1-dekabrga qadar topshirish lozim.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- Birinchi kurs talabasi bo‘lishi (o‘qishni ko‘chirganlar uchun mavjud emas);
- Akademik GPA ko‘rsatkichi 4.0 shkalasi bo‘yicha kamida 3.5 bo‘lishi;
- Tanlangan nomzodlarning o‘rtacha GPA ko‘rsatkichi odatda 3.92 atrofida bo‘ladi.
AQSh va xalqaro talabalar birdek qatnashishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun talabalar uchun foydali resurslarimizni kuzatib boring.
Qanday hujjatlar topshirish kerak?
1-dekabrgacha quyidagi bosqichlarni bajarish talab etiladi:
- Onlayn Ariza topshirish;
- Qo‘shimcha profil shaklini (supplemental profile form) to‘ldirish;
- Rasmiy o‘rta maktab transkriptlarini taqdim etish.
Meridian stipendiyasi shartlari ni Pdf shaklda yuklab oling!
Savollaringiz bo‘lsa, rasmiy vakillar bilan [email protected] manzili yoki 618-650-3705 raqami orqali bog‘laning.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.