Oliy harbiy bojxona instituti: Bojxonachi bo‘lish uchun nimalarni bilish kerak?
Agar siz kelajakda bojxonachi bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir. Mazkur dargoh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda xalqaro standartlarga tayanadi.
Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar
Institutda kursantlarning tahliliy fikrlash, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. O‘qitish tizimi ikki bosqichli bo‘lib, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Bakalavriat: "Bojxona ishi" va "Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)".
- Magistratura: "Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)" va "Soliq va bojxona huquqi".
Institutga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
Karyera imkoniyatlari
Institutning "Yurisprudensiya" mutaxassisligini tamomlagan bitiruvchilar nafaqat bojxona organlarida, balki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ham muvaffaqiyatli xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan yangiliklarni kuzatib borish orqali qabul jarayonlari haqida doimo xabardor bo‘ling.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.