Robert Gordon University Scholarship: Buyuk Britaniyada grant

Robert Gordon universiteti bakalavriat bosqichi uchun qisman moliyalashtiriluvchi grant dasturiga qabul boshlandi. Talablar va hujjat topshirish tartibi bilan tanishing.

5
Robert Gordon University Scholarship: Buyuk Britaniyada grant

Robert Gordon University Scholarship: Buyuk Britaniyada ta'lim

Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Robert Gordon universiteti (RGU) xalqaro talabalar uchun bakalavriat grantini e’lon qildi. Shotlandiyaning Aberdin shahrida joylashgan ushbu universitet bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha Britaniya oliygohlari orasida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Grantning afzalliklari

Robert Gordon University Undergraduate Scholarship dasturi xalqaro talabalarga professional va shaxsiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Grantning asosiy afzalligi:

  • Birinchi o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini to‘liq qoplash;
  • Dunyo darajasidagi sifatli ta’lim olish imkoniyati.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar

Grant dasturida ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob berishingiz kerak:

  • Dastlab abituriyentlar uchun yaratilgan tartibda universitetning bakalavriat dasturiga qabul qilingan bo‘lishingiz (acceptance letter) va ingliz tilini mukammal bilishingiz shart;
  • A’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
  • Grant faqat 1-yil kontraktni qoplagani bois, qolgan xarajatlarni qoplay olish imkoniyati;
  • Boshqa stipendiya dasturlarida ishtirok etmaslik.

Hujjatlarni topshirish jarayoni

Nomzodlar talabalar uchun muhim bo‘lgan motivatsion xat (500 so‘zdan oshmagan) tayyorlashlari va universitet veb-sayti orqali onlayn ariza topshirishlari lozim. Hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Passport nusxasi;
  • Malakaviy hujjatlar (proof of qualifications);
  • Ingliz tilini tasdiqlovchi hujjatlar (evidence of English Language).

Barcha hujjatlar universitetning rasmiy qabul bo‘limi orqali yuborilishi kerak.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar