Magistratura uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
Oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichiga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun muhim yangilik. Rasman tasdiqlangan ro‘yxat orqali qaysi ta’lim yo‘nalishi davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasi mutaxassisligiga turdosh ekanini aniqlab olishingiz mumkin.
Ushbu ma’lumotlar Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tizimlashtirilgan ma’lumotlar bilan bir qatorda abituriyentlar uchun juda muhimdir.
Turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha asosiy qoidalar:
- Respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki ularning filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadilar.
- Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari esa faqat o‘zlari tamomlagan ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va talabalar uchun foydali maslahatlarni saytimizda kuzatib boring.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.