Rasman: 2024-yilgi test sinovlarida maksimal ball 189 bo‘ladi

2024/2025-o‘quv yili uchun test sinovlari tartibi tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun jami 5 ta fan va 189 ballik tizim haqida batafsil ma’lumot.

5
Rasman: 2024-yilgi test sinovlarida maksimal ball 189 bo‘ladi

2024/2025-o‘quv yili uchun test sinovlari tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili qabul jarayonlari uchun test sinovlari bo‘yicha baholash mezonlari rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, bu yil ham abituriyentlar uchun maksimal ball 189 etib belgilandi.

Test sinovlari tarkibi va baholash mezonlari

Abituriyentlar jami 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘ini bajarishlari kerak bo‘ladi. Fanlar majmuasi quyidagicha taqsimlangan:

  • Majburiy fanlar (3 ta): Ona tili, Matematika va O‘zbekiston tarixi (har biridan 10 tadan savol). Jami 30 ta savol, har biri 1.1 balldan – 33 ball.
  • Mutaxassislik fanlari (2 ta): Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar. 1-fan (30 ta savol x 3.1 ball = 93 ball) va 2-fan (30 ta savol x 2.1 ball = 63 ball). Jami 156 ball.

Ushbu o‘zgarishlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar