2024-yilgi OTM imtihonlari uchun darsliklar ro‘yxati

2024-yilgi OTM kirish imtihonlari uchun tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan tanishing. Bilimni baholash agentligi rasmiy ma’lumotlari.

9
2024-yilgi OTM imtihonlari uchun darsliklar ro‘yxati

2024-yilgi OTM kirish imtihonlari uchun darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Bilimni baholash agentligi 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini rasman e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxat umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va barcha abituriyentlarning imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi. Tayyorgarlik jarayonida zarur bo'lgan maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatidan foydalanib, bilimingizni mustahkamlashingiz mumkin.

Tavsiya etilgan fanlar ro‘yxati

Darsliklar ro‘yxati quyidagi fanlar va tillar kesimida taqdim etilgan:

  • Ona tili va adabiyot (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillari)
  • Matematika
  • Tarix
  • Biologiya
  • Fizika
  • Kimyo
  • Geografiya
  • Chet tillari (Ingliz, Fransuz, Nemis)
  • Huquqshunoslik

Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun nafaqat darsliklar, balki tanlangan yo'nalishlar bo'yicha kirish ballari bilan tanishib chiqish ham yuqori natijaga erishishda muhim ahamiyatga ega. Tavsiya etilgan darsliklar bilan Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida to'liq tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar