Olmota shahrida yangi oliygoh filiali ish boshladi
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Olmota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali tantanali ravishda ochildi.
Ta’lim sohasidagi muhim yangiliklar
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasida ta’lim muassasalari filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Xususan:
- Olmota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti filiali;
- Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti filiali o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu oliygohlarda bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumot olishni istasangiz, saytimizdagi maxsus bo‘limdan foydalanishingiz mumkin.
“Bugungi kunda Qozog‘istonda 6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. O‘z navbatida qozog‘istonlik yoshlar ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqda,” — dedi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev.
Ta’lim yangiliklari va talabalar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib borish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.