Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilish tartibida nimalar o‘zgardi?
Ta’lim sohasidagi yangi nizomga ko‘ra, qo‘shma ta’lim dasturlari endilikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Faqat ijobiy xulosaga ega dasturlar asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruxsat beriladi.
Qabul jarayoni va imtihon bosqichlari
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- I bosqich: Xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan tartibda kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
- II bosqich: Davlat test markazi tomonidan chet tilidan kirish imtihoni tashkil etiladi.
Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda maksimal ballning 30 foizini to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Chet tili sertifikati egalari uchun imtiyozlar
Bakalavriatda kamida B1, magistraturada kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqich imtihonidan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi. Milliy sertifikat sanalari bo‘yicha ma’lumotlarni kuzatib boring.
Bitiruvchilarga xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi beriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.