Akademik ta’til qanday hollarda beriladi?
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi nizomga ko‘ra, OTM talabalariga quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra akademik ta’til berilishi mumkin:
- Harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- Salomatligini tiklash uchun;
- Homiladorlik va tug‘ish uchun;
- Bolalarni parvarish qilish uchun;
- Oilasining betob a’zosini (ota-ona, turmush o‘rtog‘i yoki farzand) parvarish qilish uchun.
Akademik ta’tilni rasmiylashtirish va shartlari
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Akademik ta’til davrida talabaga stipendiyalar to‘lanmaydi va bu holat talabani oliygohdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
Shuningdek, talaba o‘z xohishiga ko‘ra, ta’til davrida o‘qishni sirtqi, masofaviy yoki eksternat shakliga o‘tkazishi mumkin. Ta’tildan qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta topshirish majburiyati yuklatilmaydi.
Foydali ma’lumotlar
Ta’lim tizimidagi yangiliklar va talabalar uchun dolzarb maslahatlar bilan tanishib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari haqidagi ma’lumotlarimiz sizga kelgusi o‘qish jarayonida yordam berishi mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.