OTM qabuli boshlanishiga 1 kun qoldi: Muhim qoidalar

2024-yilgi oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanmoqda. Ikki bosqichli qabul tizimi, ro’yxatdan o’tish muddatlari va muhim tavsiyalar bilan tanishing.

3
OTM qabuli boshlanishiga 1 kun qoldi: Muhim qoidalar

OTM qabuli: “Avval test, so‘ng tanlov” tizimi

2024-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni yangi tartibda, ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bu tizim abituriyentlarga o‘z ballari asosida aniqroq qaror qabul qilish imkonini beradi.

1-bosqich: Test sinoviga ro‘yxatdan o‘tish (5–25-iyun)

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyungacha test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu bosqichda abituriyentlar hali universitet yoki institut tanlamaydilar. Siz DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

  • Test topshiriladigan fanlar majmuasi
  • Ta’lim tili va test topshirish hududi
  • Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun oliygoh tanlash

Eslatma: Bu bosqichda “Men Yuridik universitetga topshirdim” degan iboralar noto‘g‘ri hisoblanadi.

2-bosqich: Tanlov bosqichi – oliygoh va yo‘nalish tanlash

Test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar o‘z natijalariga qarab, 15 kun davomida oliygoh, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishda kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

O‘qishga kira olmaganlar uchun imkoniyatlar

Agar abituriyent oliygohga kira olmasa, natijalar e’lon qilinganidan keyin 10 kunlik muddat ichida kollej yoki texnikumlarga hujjat topshirish imkoniyati mavjud.

Xulosa

Yangi tizim abituriyentlarga real imkoniyatlardan kelib chiqib tanlov qilish imkonini beradi. Qabul jarayonining har bir bosqichini diqqat bilan kuzatib boring va qaror qabul qilishda shoshilmang.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar