Qirg‘izistonda xalqaro darajadagi bepul trening
Bishkekdagi The OSCE Akademiyasi Germaniyaning CRISP tashkiloti bilan hamkorlikda "Peace and Conflicts" mavzusida 5 kunlik trening tashkil etmoqda. Bu dastur xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar sohasidagi mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Treningdan ko‘zlangan maqsad
Ishtirokchilar davlatlararo nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish usullarini o‘rganadilar va trening yakunida maxsus sertifikatga ega bo‘ladilar. Agar siz talabalar uchun tashkil etiladigan xalqaro dasturlarga qiziqsangiz, bu loyiha aynan siz uchun.
Dasturning afzalliklari
- Treningda mutlaqo bepul qatnashish;
- Qirg‘izistonga bordi-keldi safar xarajatlari qoplab berilishi;
- Bepul turar-joy bilan taʼminlanish;
- Xalqaro darajadagi maxsus sertifikat.
Kimlar qatnasha oladi?
Dasturda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Afg‘oniston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar ijtimoiy fanlar sohasida bakalavr yoki magistrlik darajasiga ega bo‘lishi, shuningdek, nodavlat yoki hukumat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ekspertlar bo‘lishi talab etiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istagan abituriyentlar kelajakda shunday xalqaro dasturlarda qatnashish uchun hozirdanoq bilimlarini oshirishlari lozim.
Qanday hujjat topshirish kerak?
Qatnashish istagini bildirganlar o‘zlarining CV fayllarini va treningdan kutayotgan natijalari haqidagi xatni 1 ta PDF fayl ko‘rinishida [email protected] elektron manziliga yuborishlari kerak. Batafsil ma’lumot uchun rasmiy havolaga o‘ting.










Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.