2026/2027-o‘quv yili uchun Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston davlat oliy ta’lim tashkilotlariga grant asosida o‘qishga qabul qilinishi uchun 20 ta davlat granti ajratildi. Kvotalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida taqsimlangan.
Mazkur grant kvotalari ham 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari tarkibiga kiradi. Boshqa grant va to‘lov-kontrakt kvotalari bilan 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti orqali tanishishingiz mumkin.
Qirg‘iziston fuqarolari uchun nechta grant ajratildi?
Reklama
Tasdiqlangan taqsimotga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yili uchun jami 20 ta davlat granti bakalavriat bosqichiga ajratilgan.
Grantlar qaysi ta’lim yo‘nalishlariga taqsimlandi?
Ajratilgan grant o‘rinlari quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taqsimlangan:
| Ta’lim yo‘nalishi | Kvota |
|---|---|
| Maktabgacha ta’lim | 4 |
| Kompyuter injiniringi | 4 |
| Agronomiya | 4 |
| Qurilish muhandisligi | 4 |
| Suv xo‘jaligi va melioratsiya | 2 |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi | 2 |
InfoEdu.uz o‘rganishicha, mazkur kvotalar Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalarida grant asosida tahsil olishi uchun ajratilgan.
📄 Grant kvotalarining to‘liq taqsimotini yuklab olish:

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.