2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar test hududiga pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi bilan kelishi shart.
Bilim va malakalarni baholash agentligi talabiga ko‘ra, shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Shuningdek, ruxsatnomani hali yuklab olmagan bo‘lsangiz, Abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi maqolamiz orqali uni qanday olish mumkinligini bilib olishingiz mumkin.
Reklama
Test sinoviga qanday hujjatlar kerak?
Test sinoviga kirishda abituriyent o‘zi bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishi kerak:
- pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi;
- abituriyent ruxsatnomasi.
Pasport yoki ID-kartaning nusxasi, skaner nusxasi yoki fotosurati haqiqiy hujjat sifatida qabul qilinmaydi.
Elektron pasport test sinovida amal qiladimi?
2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali taqdim etiladigan elektron pasport va boshqa elektron hujjatlar rasman tan olinadi.
Biroq ushbu tartib test sinovlariga tatbiq etilmaydi. Sababi test o‘tkaziladigan hududga mobil telefon va boshqa elektron qurilmalarni olib kirish taqiqlangan.
Shu bois telefon orqali elektron pasportni ko‘rsatish imkoniyati mavjud emas va u test sinoviga kirish uchun asos bo‘la olmaydi.
Test kuni nimalarga e'tibor berish kerak?
Abituriyentlarga test sinovidan oldin barcha hujjatlarini tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
Xususan:
- pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini;
- abituriyent ruxsatnomasini;
- test topshirish vaqti va manzilini oldindan tekshirish zarur.
Bundan tashqari, Test sinoviga nimalarni olib kirish mumkin? maqolamiz orqali test hududiga olib kirish mumkin bo‘lgan va taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.
Kechikib kelganlar ham testga kiritilmaydi
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari lozim.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yoki belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.