O‘zbekistonning 3 universiteti THE Top 1000 reytingida

O‘zbekistonning 3 ta nufuzli universiteti Times Higher Education (THE) World University Rankings 2025 reytingidan joy oldi. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

8
O‘zbekistonning 3 universiteti THE Top 1000 reytingida

O‘zbekiston universitetlari jahon reytingida: 3 ta oliygoh Top 1000 ro‘yxatida

22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli universitetlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ilk bor O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi.

Agar siz ham kelajakda nufuzli oliygohlarda o‘qishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

  • Tabiiy fanlar, matematika va statistika: 301–400 o‘rinlar.
  • Muhandislik: 501–600 o‘rinlar.

Ushbu natijalar institutning muhandislik va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasidagi innovatsion salohiyatini ko‘rsatadi.

2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

  • Tabiiy fanlar, matematika va statistika: 601–800 o‘rinlar.

Universitet tabiiy fanlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot salohiyati va boy ilmiy an’analarga ega ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

3. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

  • Ta’lim: 601+ o‘rinlar.
  • Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari: 1001+ o‘rinlar.

Bu natijalar universitetning zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va xalqaro miqyosdagi akademik tadqiqotlardagi faolligini aks ettiradi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganda, texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rish mumkin.

Xulosa

Mazkur natijalar so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga, ayniqsa, muhandislik va aniq fanlarga qaratilayotgan e’tiborning xalqaro maydondagi yuksak samarasidir. Ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar