O‘zbekistonning 2 ta universiteti dunyoning top-1000 taligida

QS World University Rankings-2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki universiteti dunyoning eng yaxshi oliygohlari qatoridan joy oldi. Tafsilotlar bilan tanishing.

5
O‘zbekistonning 2 ta universiteti dunyoning top-1000 taligida

O‘zbekistonning 2 ta universiteti QS xalqaro reytingida

Buyuk Britaniyaning nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – QS World University Rankings-2025 natijalarini eʼlon qildi. Ushbu reyting jahon ta’lim tizimidagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Reyting natijalari: O‘zbekiston universitetlari o‘rni

Joriy yilgi natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki oliy taʼlim muassasasi dunyoning nufuzli top-1000 talik reytingiga kiritildi:

  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) – 547-o‘rin;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti – 781–790-o‘rin.

Universitetlarning yutuqlari

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘z navbatida, O‘zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o‘qituvchilar ulushi” bo‘yicha dunyoning top-200 taligida qayd etildi.

Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma'lumotlar:

Batafsil maʼlumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar