QS Asia University Rankings 2024 natijalari
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammitida 2024-yil uchun Osiyo universitetlari reytingi e’lon qilindi. Unda O‘zbekistonning 14 ta oliygohi TOP-1000 talikdan joy oldi.
Ushbu yutuq mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, batafsil ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

Reytingda ilk bor 6 ta oliygoh o‘z nomini qayd etdi. Bu esa abituriyentlar uchun ta'lim sifatining oshib borayotganidan dalolat beradi.
Reytingdagi eng yaxshi natijalar
- TIQXMMI MTU: 249-o‘rin
- O‘zMU: 301-350-o‘rin
- TDIU: 401-450-o‘rin
- Toshkent davlat texnika universiteti: 501-550-o‘rin
- Samarqand davlat universiteti: 601-650-o‘rin
Ilmiy-tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik
O‘zbekiston OTMlari xalqaro ilmiy kollaborasiyalar va akademik reputatsiya indikatorlari bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishdi. Xususan, TIQXMMI MTU va O‘zMU ilmiy maqolalar sifati hamda xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha mintaqaviy reytinglarda yetakchilik qilmoqda.
Manba: Axborot xizmati

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.