O‘zbekistonda IELTS sertifikati egalari soni 5 baravar oshdi
So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan yoshlar soni keskin o‘sdi. Agar 2020-yilda 10 ming kishi ushbu imtihonni topshirgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 53 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘sish mamlakatda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini va abituriyentlar o‘z ustida ko‘proq ishlayotganini ko‘rsatadi.
Til bilgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Chet tilini puxta egallagan yoshlar uchun davlat tomonidan bir qator rag‘batlantiruvchi choralar ishlab chiqildi:
- Imtiyozli kreditlar: C1 darajasiga ega bo‘lgan yoshlar olis hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
- Xarajatlarni qoplash: Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarning xarajatlari “2+6” shaklida qoplanadi (dastlabki 2 oy o‘quvchi hisobidan, qolgan 6 oyi davlat tomonidan).
- Dasturlash: Dasturlash kurslariga borgan 25 ming nafar qizlar uchun ham to‘lovlar davlat tomonidan qoplab beriladi.
Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida o'z maqsadlaringizni aniqlab olish muvaffaqiyat garovidir. Bu tashabbuslar yoshlarning chet tillarini o‘rganishini rag‘batlantirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.