Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi 20-sonli maktabning 10-sinf o'quvchisi Jasmina Toirova qo'llaridan foydalana olmasa-da, barcha yozma ishlarini oyoqlari bilan bajaradi. Uning mehnati evaziga 3 ta xorijiy universitet talabalikka tavsiya etildi.
Birinchi sinfdan boshlangan mehnat
Jasmina 2025-yildan buyon maktabda tashkil etilgan inklyuziv ta'lim sinfida tahsil oladi. Dars vaqtida mavzularni ko'proq og'zaki javob bergan bo'lsa, uyga qaytgach barcha yozma vazifalarni oyoqlari bilan bajarib kelgan.
"Bu menga Alloh tomonidan berilgan eng katta ne'mat", — deydi Jasmina. Uning so'zlariga ko'ra, bu qobiliyatni unga hech kim o'rgatmagan.
Jurnalist bo'lish orzusi
Jasmina bolaligidan jurnalistikaga qiziqadi. "Yosh jurnalistlar" kastingida 76 foizlik natija bilan sertifikat olgan. Ingliz tilidan B1, tarix fanidan C+ darajali sertifikatlarga ega.
3 ta xorijiy universitet talabalikka tavsiya etdi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi imtihonlarda yuqori natija ko'rsatgan Jasmina quyidagi universitetlarga tavsiya etildi:
- Yangzhou University (Xitoy)
- Alfa University (Malayziya)
- Charles University Foundation (Chexiya)
"Eng katta maqsadim — Prezidentimiz bilan uchrashish va ularga o'z natijalarim bilan faxrlanadigan mutaxassis bo'lib yetishish", — deydi Jasmina.
Uning hikoyasi imkoniyat cheklovi insonning orzu va maqsadlariga to'sqinlik qila olmasligini yana bir bor isbotlaydi. Imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun imtihon qulayliklari haqida batafsil ma'lumot oling.
Reklama








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.