O‘quvchilarni yakuniy imtihondan ozod etuvchi sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan maxsus ro‘yxatdagi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega maktab o‘quvchilari tegishli fandan davlat imtihonidan ozod etiladi.

108
O‘quvchilarni yakuniy imtihondan ozod etuvchi sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (102-sonli) buyrug‘i bilan umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda keltirilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlgan maktab oʻquvchilari ilovada belgilangan qoidalar asosida baholanadi hamda tegishli fan bo‘yicha yakuniy imtihonlarni topshirishdan rasman ozod etiladi.

Sertifikatlar orqali maktab bitiruvchilari yakuniy imtihonlarda o‘z fanlari bo‘yicha avtomatik tarzda maksimal ballarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Reklama

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar