Maktab o'quvchilari uchun bahorgi ta'til muddatlari
O'zbekiston maktablarida o'quv yili davomidagi ta'tillarning aniq muddatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan. Xususan, bahorgi ta'til har yili 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etadi.
Ushbu davrda o'quvchilar va talabalar uchun o'z bilimlarini mustahkamlash yoki maktab darsliklarini yuklab olish orqali yangi mavzularga tayyorgarlik ko'rish tavsiya etiladi.
IV chorak qachon boshlanadi?
III chorakning so'nggi kuni 20-martga to'g'ri keladi. 21-martdan boshlangan bahorgi ta'til 27-martga qadar davom etadi. IV chorak darslari esa 28-martdan rasman boshlanadi.
Ta'til tartibi va qoidalari
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga asosan:
- Agar ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelsa, darslar keyingi ish kunidan boshlanadi.
- Bayram kunlariga to'g'ri kelgan dars mavzulari o'quv dasturlarini ixchamlashtirish orqali keyingi darslarda o'tiladi.
O'quv yili davomidagi ta'tillarning umumiy jadvali:
- Kuzgi ta'til: 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- Qishki ta'til: 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- Bahorgi ta'til: 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- Yozgi ta'til: Bosqichli nazorat sinovlari tugagan kundan 1-sentabrgacha.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo'lib, o'quv jarayonini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.