O‘qituvchilar uchun ustama hujjatlarining tayyor namunalari e’lon qilindi

Maktab o‘qituvchilari ustama pulini olishlari uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarning tayyor namunalari (buyruq, hisobot) onlayn e’lon qilindi.

•1 daqiqa mutolaa•334 marta ko'rildi
O‘qituvchilar uchun ustama hujjatlarining tayyor namunalari e’lon qilindi

Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ish faoliyatini baholash va ularga tegishli ustamalar belgilash bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushadi.

O‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni maqsad qilgan ushbu tartib doirasida endilikda barcha kerakli hujjatlarning (pdf, docx, xlsx) tayyor namunalari e’lon qilindi. Ular qatoriga:

  • Ustama baholash mezonlari va hujjatlar ro‘yxati
  • Sinfdan tashqari olib borilgan ishlar va tadbirlar hisoboti
  • Fan olimpiadalari va tadbirlar ro‘yxati
  • Ishchi guruh yig‘ilishi bayonnomasi va direktor buyrug‘i nusxasi kiritilgan.

Ushbu namunalardan foydalanish orqali maktab xodimlari o‘z hujjatlarini ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz va xatosiz tayyorlashlari mumkin.

Reklama

Nozima IdrokovaN
MAQOLA MUALLIFI
Nozima Idrokova
Oʻzbekistonda taʼlim masalalari boʻyicha 5 yillik ish tajribasiga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar