O‘qishni ko‘chirishda qaysi yo‘nalishlar uchun 132 ball talab etiladi?

2026/2027-o‘quv yilidan ayrim tibbiyot yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda kamida 132 ball to‘plash talabi joriy etildi. Qaysi yo‘nalishlarga tatbiq etiladi?

O‘qishni ko‘chirishda qaysi yo‘nalishlar uchun 132 ball talab etiladi?

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim tibbiyot yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish uchun kamida 132 ball to‘plash talabi joriy etildi.

Mazkur talab tibbiyot sohasidagi bir qator bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga tatbiq etiladi. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar va muddatlar haqida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan qabul qilinadi maqolasida batafsil tanishishingiz mumkin.

132 ball talab etiladigan ta'lim yo‘nalishlari

Reklama

2026/2027-o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirishda kamida 132 ball to‘plash talab etiladi:

  • Davolash ishi;
  • Pediatriya ishi;
  • Xalq tabobati;
  • Tibbiy profilaktika ishi;
  • Oliy hamshiralik ishi;
  • Harbiy tibbiyot;
  • Tibbiy-biologik ish;
  • Bolalar stomatologiyasi;
  • Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha);
  • Farmatsiya (turlari bo‘yicha);
  • Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha).

Mazkur talab qachondan amal qiladi?

Ushbu minimal ball talabi 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan bo‘lib, joriy yildan boshlab amal qiladi.

InfoEdu.uz o‘rganishicha, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirayotgan talabgorlar hujjatlarni rasmiylashtirishdan oldin tanlagan ta'lim yo‘nalishi uchun belgilangan minimal talablar bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish bosqichlari va talab etiladigan hujjatlar haqida o‘qishni ko‘chirish ariza topshirish tartibi maqolasida batafsil ma'lumot berilgan.

132 ball talabi davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, farmatsiya, xalq tabobati, tibbiy profilaktika va boshqa ayrim tibbiyot yo‘nalishlariga tatbiq etiladi.
Mazkur talab 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan bo‘lib, joriy yildan amal qilmoqda.
Yo‘q. 132 ball talabi faqat ro‘yxatda keltirilgan ayrim tibbiyot yo‘nalishlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar