O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan qabul qilinadi

2026-yilda xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Qanday hujjatlar va ma’lumotlar kerakligini bilib oling.

135
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan qabul qilinadi

2026-yilda xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanadi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), vakolatli organning maxsus elektron platformasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.

Arizasi tasdiqlangan talabalar belgilangan tartibda mutaxassislik fanlari bo‘yicha maxsus sinov imtihonlarida ishtirok etadi.

Reklama

O‘qishni ko‘chirish uchun talab etiladigan o‘tish ballari haqida o‘qishni ko‘chirish uchun testdan qancha ball yig‘ish kerak maqolamiz orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Ariza topshirish muddati

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi muddatlarda qabul qilinadi:

JarayonMuddat
Arizalar qabuli boshlanishi15-iyul
Arizalar qabuli yakunlanishi5-avgust (shu kuni ham)

Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Ariza topshirishda qanday ma'lumotlar kiritiladi?

Ariza beruvchi quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishi kerak:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • pasport yoki ID-karta ma'lumotlari;
  • JSHSHIR;
  • telefon raqami;
  • elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa).

Hozir o‘qiyotgan oliygoh bo‘yicha ma'lumotlar

Arizada talaba tahsil olayotgan oliy ta'lim tashkiloti haqida ham ma'lumot kiritiladi.

Jumladan:

  • oliygoh joylashgan davlat;
  • oliy ta'lim muassasasi nomi;
  • ta'lim yo‘nalishi nomi va kodi;
  • ta'lim shakli;
  • tamomlagan kursi;
  • akademik ma'lumotnoma (transkript).

Ko‘chirmoqchi bo‘lgan OTM bo‘yicha ma'lumotlar

Shuningdek, talaba o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan davlat oliy ta'lim muassasasi haqida quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatadi:

  • oliy ta'lim muassasasi nomi;
  • ta'lim yo‘nalishi nomi va kodi;
  • ta'lim shakli;
  • ta'lim tili;
  • test sinovi topshiriladigan hudud;
  • milliy yoki xalqaro sertifikatlar (mavjud bo‘lsa).

Sertifikatlar ham inobatga olinadi

2026-yildan boshlab o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlar ham hisobga olinadi.

Agar talabgorda imtiyoz beruvchi sertifikat mavjud bo‘lsa, u ariza topshirish vaqtida tegishli ma'lumotlarni kiritishi mumkin.

Milliy sertifikatlar uchun ball qanday hisoblanishi haqida Milliy sertifikat o‘qishni ko‘chirishda qancha ball beradi? maqolamizda batafsil tushuntirilgan.

Arizalar 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
Ha. Talaba akademik ma'lumotnomasi (transkript) ariza bilan birga taqdim etilishi kerak.
Ha. Milliy va xalqaro sertifikatlar amaldagi tartib asosida imtiyoz beruvchi hujjat sifatida inobatga olinadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar