Imtihonlarda o‘tish baliga yeta olmagan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirish istagidagi talabgorlar (perevodchilar) ayrim hollarda super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Bunda avvalgidek 4 ballik shkala amal qiladi.
Super-kontrakt miqdori abituriyentning o‘tish balidan nechta ball kam olganiga qarab belgilanadi.
4 ballik shkala bo‘yicha super-kontrakt miqdori
Reklama
| O‘tish balidan kam olgan ball | To‘lov miqdori |
|---|---|
| 1,05 ballgacha | Bazaviy kontraktning 1,5 barobari |
| 1,05–2,05 ball | Bazaviy kontraktning 2 barobari |
| 2,05–3,05 ball | Bazaviy kontraktning 2,5 barobari |
| 3,05–4,05 ball | Bazaviy kontraktning 3 barobari |
4,05 balldan ko‘proq kam olganlar uchun qanday tartib amal qiladi?
O‘tish baliga 4,05 balldan ko‘proq yeta olmagan, ammo minimal o‘tish bali — 56,7 balldan kam bo‘lmagan abituriyentlar ham super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega.
Biroq bu toifadagi talabgorlar uchun super-kontrakt summasi har bir oliy ta'lim muassasasi va ta'lim yo‘nalishiga qarab alohida belgilanadi.
Masalan, agar bazaviy kontrakt miqdori 8 million so‘m, belgilangan koeffitsiyent esa 4 barobar bo‘lsa, super-kontrakt summasi 32 million so‘mni tashkil etadi.
Kimlar super-kontrakt asosida o‘qiy olmaydi?
56,7 balldan kam natija qayd etgan abituriyentlar super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinmaydi.
Amaldagi tartib haqida batafsil ma'lumotga ko‘ra, minimal o‘tish balini to‘play olmaganlar uchun avval amal qilgan giper-kontrakt tartibi o‘tgan yildan bekor qilingan. Shu sababli test natijasi 56,7 balldan past bo‘lgan abituriyentlarga tizim orqali super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati ham berilmaydi.
Super-kontrakt uchun qancha to‘lov qilish kerak?
Super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinish uchun kontrakt summasining kamida 50 foizi to‘lanishi kerak. Shundan keyingina talabgor talabalar safiga qabul qilinadi.
InfoEdu.uz tahliliga ko‘ra, super-kontrakt bo‘yicha eng ko‘p savollar minimal o‘tish bali va to‘lov miqdoriga oid bo‘lmoqda. Shu sababli abituriyentlarga o‘z ballari hamda tanlagan OTMi uchun belgilangan super-kontrakt miqdorini alohida tekshirish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.