O'qishni ko'chirish: Talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati
O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar oliygoh tomonidan aloqa xati oladi. Aynan shu hujjatda qaysi hujjatlarni taqdim etish zarurligi aniq ko'rsatiladi. Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, ushbu ro'yxat sizga yordam beradi.
Oliygohga topshiriladigan asosiy hujjatlar
O'qishni ko'chirish jarayonini yakunlash uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlab qo'yishingiz kerak:
- Diplom yoki attestat asl nusxasi;
- Transkript yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
- Akademik ma’lumotnoma;
- 1-kursga qabul qilinganlik bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma;
- Kursdan-kursga o‘tganligi to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma;
- Talabalar safidan chetlashtirilganligi to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma;
- Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari.
Ta'lim sohasidagi yangiliklarni, jumladan oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlarni doimiy kuzatib boring va o'qishingizni muvaffaqiyatli davom ettiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.