O‘qishni ko‘chirish test natijalari: Statistik tahlil va faktlar

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Qancha talaba talabni bajardi? Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar ro‘yxati bilan tanishing.

4
O‘qishni ko‘chirish test natijalari: Statistik tahlil va faktlar

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari natijalari

Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) yetarli ball to‘play olmadi.

Ushbu jarayon bo‘yicha batafsil ma'lumotlar va talabalar uchun foydali maslahatlarni platformamiz orqali kuzatib boring.

Eng yaxshi natija qayd etgan OTMlar

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishni maqsad qilganlar orasida quyidagi universitetlar yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi:

  • PDP University — 100 % (2 nafardan 2 nafari)
  • Toshkent shahridagi INHA universiteti — 100 % (2 nafardan 2 nafari)
  • MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari)
  • Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti — 51,2 %
  • O‘zbekistondagi Sharda universiteti — 43,9 %

Xorijiy mamlakatlardan ko‘chirish statistikasi

Xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar orasida Janubiy Koreya, Latviya va Polsha yuqori o‘rinlarni egalladi. Oliygohlar kirish ballari va o‘qishni ko‘chirish tartiblari haqida ma'lumot olish uchun saytimizdagi yangiliklarni o‘qib boring.

Eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyadagi oliy ta'lim muassasalaridan kelib tushgan.

To‘liq ro‘yxatni ko‘rish uchun faylni yuklab oling: O‘qishni_ko‘chirish_statistikasi_2023_2024_o‘quv_yili_uchun.pdf

Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar