InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

O‘qish joyi va yo‘nalishni jiddiy tanlang: keyin afsuslanmang

Ta’lim sohasidagi eng so’nggi yangiliklar quyidagicha: Qisqacha mazmun:Hurmatli abituriyentlar, sizlardan jiddiy mas’uliyat bilan tanlov qilish so‘raladi.✅ Qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan aynan o‘sha yerga hujjat topshiring.✅ Agar shifokor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, jiddiy tayyorlaning va tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshiring. Abituriyentlar, perevodga umid qilmang – hozirdanoq to‘g‘ri qaror qabul qiling! Hurmatli abituriyentlar, sizlardan jiddiy mas’uliyat bilan tanlov […]

2
O‘qish joyi va yo‘nalishni jiddiy tanlang: keyin afsuslanmang
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar quyidagicha:

Qisqacha mazmun:
Hurmatli abituriyentlar, sizlardan jiddiy mas’uliyat bilan tanlov qilish so‘raladi.
✅ Qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan aynan o‘sha yerga hujjat topshiring.
✅ Agar shifokor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, jiddiy tayyorlaning va tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshiring.

Abituriyentlar, perevodga umid qilmang – hozirdanoq to‘g‘ri qaror qabul qiling!

Hurmatli abituriyentlar, sizlardan jiddiy mas’uliyat bilan tanlov qilish so‘raladi. Har yili minglab abituriyentlar “hozir kirib olay, keyin perevod qilaman” degan yondashuv tufayli muammoga duch kelmoqda.

⚠️ Eng keng tarqalgan xatolik: noto‘g‘ri yo‘nalishga topshirish

Masalan: Mevachilik va uzumchilik yo‘nalishiga hujjat topshirib, keyinroq shifokor bo‘laman degan niyat — bu xomxayol. Har ikki yo‘nalish mutlaqo boshqa sohalar va ular orasida perevod deyarli imkonsiz.

🎯 Nima qilish kerak?

Qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan aynan o‘sha yerga hujjat topshiring.

✅ Agar shifokor bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, jiddiy tayyorlaning va tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshiring.

O‘zingizga qulay hududni tanlang. Keyin qiynalib, “ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb yurishga hojat qolmaydi.

Hech kim sizni majbur qilmayapti – qaror sizniki. Ammo qabul qilingan qarorga mas’uliyat bilan yondashish ham sizning burchingiz.

❌ Nega perevodga ishonmaslik kerak?

  • Perevod har doim ham ruxsat etilmaydi

  • Yo‘nalishlar va ta’lim shakllari mos bo‘lmasligi mumkin

  • Har bir holat davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi

  • Ko‘plab talabgorlar rad etilmoqda



Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar