Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari haqida e’lon
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga (OHTM) kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda tashkil etiladi. Shu sababli, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratishlari shart:
Fanlar majmuasini to‘g‘ri tanlash
Abituriyentlar o‘zlari tanlagan OHTMning ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasiga mos keladigan fanlarni tanlashlari zarur. Bu kirish imtihonlarida muvaffaqiyatli qatnashish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida talablarga javob berish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Fanlar majmuasining muvofiqligi
- OHTM yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan ro‘yxatdan o‘tishdagi fanlar majmuasi aynan bir xil bo‘lishi shart.
- Noto‘g‘ri fanlar majmuasini tanlash abituriyentning tanlovda ishtirok eta olmasligiga va o‘qishga kirish imkoniyatini yo‘qotishiga olib keladi.
Muhim tavsiya
My.uzbmb.uz tizimida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun tegishli fanlar majmuasi ko‘rsatilgan. Ro‘yxatdan o‘tishdan avval ushbu ma’lumotlarni qayta tekshirib olishingizni tavsiya qilamiz. Ushbu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.