Bilimni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 10-aprel kuni ko‘zi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkazildi.
Ushbu imtihonlar maxsus dastur asosida kompyuterda tashkil qilindi. Imtihon jarayonida har bir talabgorga yordamchi (assistent) biriktirildi. Bu nogironligi bor shaxslarning imtihonda teng ishtirok etishi va bilimlarini to‘liq namoyon qila olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Imtihon tuzilishi talabgorlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil etildi:
— ko‘zi ojiz talabgorlar uchun “tinglab tushunish” va “gapirish” bo‘limlaridan;
— yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun “tinglab tushunish”, “o‘qish” va “gapirish” bo‘limlaridan iborat bo‘ldi.
Malaka imtihonlarida respublika bo‘ylab jami 119 nafar talabgor ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq I va II guruh ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining 50 foiz to‘lovi davlat tomonidan qoplanishi belgilangan edi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi va test jarayonlarida ishtirokini ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Nogironligi bor talabgorlar: Chet tilidan imtihon o‘tkazildi
Bilimni baholash agentligi ko’zi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan 119 nafar talabgor uchun chet tili malaka imtihonini o’tkazdi.
N24.04.2026·1 daqiqalik o‘qish
15

O'xshash maqolalar
Matematika va chet tili: Qaysi yo‘nalishlarga topshirish mumkin?
03:57 / 08.02.2026

2025-yil chet tili imtihonlari: To‘liq jadval va ro‘yxatdan o‘tish
03:57 / 08.02.2026

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish
03:56 / 08.02.2026

Mart oyi chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
03:55 / 08.02.2026

Chet tili imtihon sanalari e’lon qilindi: 30-31-mart
03:55 / 08.02.2026

Eng ko'p o'qilganlar
Milliy sertifikat sanalari 2026 (2-yarim yillik) — rasmiy jadval qachon e’lon qilinadi?
02:13 / 02.04.2026

9-sinf darsliklari 2025 barcha fanlar bo‘yicha PDF yuklab olish (skachat)
15:22 / 25.10.2025

DXX Akademiyasi 2026 Qabul shartlari, imtihon fanlari va afzalliklari
14:49 / 25.10.2025

Pedagoglar attestatsiyasi 2026: ro‘yxatdan o‘tish, hujjat topshirish, test, to‘lov va natijalar
05:50 / 24.10.2025

Mustaqil Ish Yozish Tartibi va Tayyor Namunalar (PDF bepul yuklab olish) 2026
18:19 / 04.11.2025






Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.