Niderlandiyada bepul o’qish: The Hague Academy granti

Niderlandiyaning The Hague Academy of International Law akademiyasida xalqaro huquq bo’yicha yozgi kurslar uchun to’liq moliyalashtiriladigan grantga qanday topshirish kerak?

5
Niderlandiyada bepul o’qish: The Hague Academy granti

Niderlandiyada xalqaro huquq bo'yicha bepul o'qish imkoniyati

Xalqaro huquq sohasida bilimini oshirishni istagan talabalar uchun ajoyib yangilik! Niderlandiyaning nufuzli The Hague Academy of International Law akademiyasi yozgi va qishki kurslar uchun grant dasturini e'lon qildi.

Ushbu kurslar ingliz yoki fransuz tillarida tashkil etiladi. Dastur haqida batafsil ma'lumotni rasmiy sayt orqali olishingiz mumkin.

Grant imkoniyatlari va shartlari

Dastur ishtirokchilarining 15% i akademiya tomonidan moliyaviy yordam oladi. Grant quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • Kurslarda bepul o'qish;
  • Safar xarajatlari uchun 350 yevro;
  • Turar joy uchun 550 yevro.

Kimlar ishtirok eta oladi?

  • Istalgan davlat fuqarolari;
  • Xalqaro huquq yo'nalishida bakalavrni tamomlagan yoki 3-kursda o'qiyotganlar;
  • Ingliz yoki fransuz tilini yuqori darajada biluvchilar;
  • Kuchli akademik qiziqishga ega talabalar.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun talabalar uchun foydali resurslarimizni kuzatib boring. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun saytimizga tashrif buyuring.

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn ro'yxatdan o'ting.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar