Abituriyentlar diqqatiga! Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan o‘tkazilgan Milliy sertifikat imtihonlari natijalari chiqdi.
Davlat test markazi xabariga ko‘ra, 2026-yil fevral va mart oylarida bo‘lib o‘tgan imtihonlar yakunlari e’lon qilina boshladi. Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblab chiqilgan.
Natijalarni qanday tekshirish mumkin?
Talabgorlar o‘z natijalari bilan my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali tanishishlari hamda sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
Sertifikat darajalari:
- 70 balldan yuqori — A+
- 65-69,9 ball — A
- 60-64,9 ball — B+
- 55-59,9 ball — B
- 50-54,9 ball — C+
- 46-49,9 ball — C
Sertifikatga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirishda tegishli fanlardan maksimal ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Barchaga omad tilaymiz!
Ta'lim yangiliklarini Telegramda kuzatingEng tezkor xabarlar, e'lonlar va test sinovlari
Reklama
NMAQOLA MUALLIFI
Nozima IdrokovaOʻzbekistonda taʼlim masalalari boʻyicha 5 yillik ish tajribasiga ega ekspert.















