Maqsadli qabul — bu ma'lum bir ta'lim yo'nalishida muayyan hududlar (masalan, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Shahrisabz tumani) uchun alohida ajratilgan davlat granti asosidagi qabuldir.
Misol uchun, Andijon viloyatiga ajratilgan joy uchun Namanganlik abituriyent yoki bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Faqat o'sha hududda doimiy yashaydigan abituriyentlar hujjat topshirish huquqiga ega.
Maqsadli qabulning foyda va zararlari haqida avval ham yozgan edik. Quyida yana bir bor asosiy farqlarni keltiramiz.
Reklama
Maqsadli qabulni tanlasam nimani yo'qotaman va nimadan yutaman?

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyentga faqat umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga esa umumiy tanlovda ham ishtirok etish huquqi beriladi. Ya'ni maqsadli qabul — bu qo'shimcha imkoniyat, u sizni umumiy tanlovdan mahrum qilmaydi.
Muhim cheklov
Amaldagi tartibga ko'ra, maqsadli qabul asosida qabul qilingan talabalarning boshqa ta'lim yo'nalishi yoki shakliga, boshqa OTMga o'qishini ko'chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi beriladi.
Kimlar hujjat topshira oladi?
- Muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma'lumoti bo'yicha) abituriyentlar;
- Umumiy o'rta maktabni yakunlagani to'g'risidagi tegishli hujjatga ega bo'lganlar (10-11-sinflar negizida);
- O'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti to'g'risidagi tegishli hujjatga ega bo'lganlar.
Qabul jarayonidagi barcha muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.