2026/2027-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi. 17-iyul kuni e'lon qilingan kvotalar o'tgan yil bilan taqqoslaganda deyarli barcha yo'nalishlar bo'yicha o'sishni ko'rsatmoqda. Qiziqarli jihati — abituriyentlar soni kamaygan bir paytda qabul o'rinlari ko'paymoqda.
Joriy yilda jami 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro'yxatdan o'tgan. O'tgan yili bu ko'rsatkich 732 ming 411 nafarni tashkil etgan edi — ya'ni bir yilda 54 ming 504 nafar abituriyent kamaygan.
Bakalavriat: barcha shakllarda o'sish
Kunduzgi ta'lim shakliga ajratilgan qabul kvotasi 148 ming 400 tadan 155 ming 852 taga yetdi. Bu 7 ming 452 ta yoki qariyb 5 foizlik o'sish demakdir.
Kechki ta'limda o'sish nisbatan kamroq: 28 ming 732 tadan 28 ming 942 taga oshdi.
Eng katta o'sish esa masofaviy ta'limda kuzatildi. O'tgan yili 18 ming 195 ta qabul o'rni ajratilgan bo'lsa, bu yil 20 ming 810 taga yetdi — bu 2 ming 615 ta yoki 14 foizdan ortiq o'sish.
Magistratura: masofaviy shakl yetakchi
Magistratura bosqichida ham shunga o'xshash tendensiya kuzatilmoqda:
- Kunduzgi: 20 210 → 22 050
- Kechki: 1 319 → 1 393
- Masofaviy: 420 → 892 (2 baravardan ortiq!)
Maqsadli kvotalar: kimlarga oshdi, kimlarga kamaydi
Maktab ta'limi uchun ajratilgan kvotalar 626 tadan 648 taga oshirildi. Sog'liqni saqlash yo'nalishida esa aksincha — 1 173 tadan 1 031 taga kamaytirildi. San'at sohasi uchun maqsadli qabul kvotasi 4 ta miqdorida saqlab qolindi.
Ilk bor maktab o'qituvchilari uchun pedagogika magistraturasining masofaviy shakliga 200 ta maqsadli kvota ajratildi.
Imtiyozli kvotalar: barchasi oshdi
Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun davlat granti asosidagi qo'shimcha kvotalar 3 907 tadan 4 112 taga oshirildi. Kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun esa 2 500 ta kontrakt kvotasi o'zgarishsiz qoldi.
Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun kvotalar 1 953 tadan 2 056 taga oshdi.
Harbiy xizmatni o'tab, tavsiyanomaga ega bo'lgan yoshlar uchun kvotalar 9 766 tadan 10 280 taga yetdi — 514 ta qo'shimcha o'rin:
- Kunduzgi — 7 793 ta
- Kechki — 1 447 ta
- Masofaviy — 1 040 ta
Yangi yo'nalishlar
2026-yilgi qabulda ilk bor quyidagi kvota o'rinlari yaratildi:
- Dual ta'lim uchun 10 000 ta qabul parametri;
- Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun 3 656 ta qo'shimcha grant;
- O'rmonchilar va ularning farzandlari uchun 35 ta alohida grant;
- Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun 30 ta grant;
- Green University uchun 1 030 ta qabul parametri.
Sertifikatlilar soni keskin oshdi
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o'tkazildi. 2025-yilda bu imkoniyatdan bor-yo'g'i 678 nafar abituriyent foydalangandi — o'sish deyarli 20 baravar!
Abituriyentlar dinamikasi: 2017-yildan 2026-yilgacha
So'nggi 10 yillikda abituriyentlar soni sezilarli o'zgarishlarni boshdan kechirdi:
- 2017: 729 950
- 2018: 675 049
- 2019: 1 066 925 (birinchi million)
- 2020: 1 484 085 (rekord)
- 2021: 948 211
- 2022: 1 214 232
- 2023: 1 018 007
- 2024: 894 279
- 2025: 732 411
- 2026: 677 907
Oxirgi ikki yil ichida abituriyentlar soni 54 ming nafarga kamaydi. 2020-yildagi rekord ko'rsatkich bilan solishtirganda esa kamayish qariyb 806 ming nafarga yetgan. Bu esa raqobatning pasayishi va qabul qilinish ehtimolining ortishini anglatadi.
Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9%) ayollar, 312 711 nafari (46,1%) erkaklardir. Joriy yil bitiruvchilari 451 744 nafar (66,6%), avvalgi yillar bitiruvchilari 226 163 nafar (33,4%).
Qabul jarayonidagi barcha o'zgarishlar va eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.