Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston maktab ta’limi 12 yillik tizimga bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Endilikda bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida qabul qilinadi.
Ushbu yangilik o‘quvchilarning maktabga moslashuvini yengillashtirish va boshlang‘ich sinflardagi ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. Ta’lim jarayonlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari yoki nodavlat ta’lim muassasalarida tashkil etishga ruxsat beriladi.
Kelgusi 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab esa ushbu guruhlarda dars beruvchi pedagoglar uchun maxsus malaka talablari o‘rnatilib, bitiruvchi bosqich talabalariga ham dars berish imkoniyati yaratiladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikatlar beriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.