Majburiy ona tili imtihoniga tayyorlanish: Foydali layfxak

Majburiy ona tili imtihonidan yuqori ball olish sirlari. Kundalik muloqot orqali imlo xatolarini tuzatish va bexato yozishni o’rganing.

6
Majburiy ona tili imtihoniga tayyorlanish: Foydali layfxak

Majburiy ona tili imtihoniga oddiy va samarali tayyorgarlik

Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklar shuni ko‘rsatadiki, majburiy fanlar abituriyentlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Majburiy ona tili imtihonida so‘zlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilishini topishga doir testlar talaygina. Buning uchun sizga internetda dam olib ham tayyorlanishga yordam beradigan oddiy layfxakni tavsiya qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda bexato yozishni odat qiling

Darsdan so‘ng internetda do‘stlaringiz bilan yozishayotganda, xuddi maktabda insho yozayotgandek bexato yozishga harakat qiling. Masalan:

  • “wawlu yeywga qacho boramuza” emas, “Shashlik yeyishga qachon boramiz?”
  • “qzla yengiligm bor yengi koyne ollim” emas, “Qizlar, yangiligim bor. Yangi ko‘ylak oldim”

Bu usul orqali siz so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini xotirangizda tezroq saqlab qolasiz. Agar sizni oliygohlar kirish ballari qiziqtirsa, har bir to‘g‘ri javob talabalik sari muhim qadam ekanini unutmang.

IELTS tajribasidan foydalaning

IELTS imtihoniga tayyorlanuvchilarga ingliz tilida ko‘proq yozish tavsiya etiladi. Siz ham ona tilingizda xuddi shunday yondashuvni qo‘llang. Tanlagan yo‘nalish bo‘yicha kirish ballari yuqori bo‘lishi mumkin, shuning uchun imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim.

Atrofdagilarning fikridan qo‘rqmang

“Do‘stlarimga g‘alati ko‘rinaman” deb xavotirlanmang. O‘zingizga savol bering: agar o‘qishga kirolmasangiz, ustingizdan kulganlar aybni o‘z bo‘yniga oladimi? Maqsadingiz sari eltadigan yo‘lni hurmat qiling va imtihongacha bexato yozishni mashq qiling.

Muallif: Avalboyev Suxrob

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar