Magistratura qabul 2022: Yangi tartibga o‘tish
2022-yildan OTMlarning magistratura bosqichi uchun qabul jarayoni tubdan yangilandi. Endilikda imtihonsiz, faqat bakalavriat diplomi va til sertifikati asosida qabul amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi
Magistraturaga kirish uchun magistr.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish lozim. Jarayon uch bosqichdan iborat:
- Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va ariza to‘ldirish;
- Diplom va chet tilini bilish sertifikati ma’lumotlarini kiritish;
- Qabul komissiyasi tomonidan arizani tasdiqlash.
Saralash mezonlari: GPA va Sertifikat
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom balli o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA) hamda xorijiy tilni bilish darajasi asosida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma'lumotlarni tahlil qilishlari tavsiya etiladi.
Chet tili sertifikati talablari
Chet tilini bilish sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar magistraturaga hujjat topshira olmaydi. Xorijiy tillar yo‘nalishlariga C1, qolgan barcha yo‘nalishlarga esa B2 darajasidan kam bo‘lmagan milliy yoki xalqaro sertifikat talab qilinadi. Sertifikat olish uchun milliy sertifikat sanalari bilan oldindan tanishib chiqish muhimdir.
Turdosh yo‘nalishlar va qoidalarning boshqa jihatlari
Abituriyentlar magistratura uchun tanlagan yo‘nalishi bakalavriatda o‘qigan yo‘nalishi bilan bir xil yoki turdosh bo‘lishi kerak. Turdosh yo‘nalishlar ro‘yxatini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Magistratura – qizlar uchun tekin: Joriy yildan boshlab magistraturaning barcha bosqichlarida xotin-qizlar to‘lov-kontraktdan ozod qilindi.
Bu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.