Daniyada bakalavriat bosqichida grant asosida o'qish imkoniyati
Daniyada ta'lim olishni orzu qilgan a'lochi talabalar uchun ajoyib yangilik! LifeAsapa Foundation xalqaro talabalar uchun 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan bakalavriat grant dasturini e'lon qildi. Bu abituriyentlar uchun xorijda sifatli ta'lim olish yo'lidagi katta qadamdir.
Grantning manfaatli tomonlari
Grant dasturi Daniyadagi hamkor universitetlarda texnik bakalavr yo‘nalishlarida o‘qishni istaganlar uchun quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
- Birinchi o‘quv yili uchun 10,000 AQSh dollari miqdorida grant va 2,000 dollarlik oylik stipendiya;
- Uch yillik bakalavr kursining 50% to‘lovi miqdorida grant;
- Bakalavr kursining to‘liq davri uchun 100% to‘lovsiz ta'lim.
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar
Grantga ariza topshirish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
- Nomzod AQSh va Kanada fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo‘lmasligi kerak;
- Hamkor universitetlardan biriga bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul qilinganlik xati;
- Maktabni a’lo baholarga bitirganlik (GCE A darajasida 4 ball, IB dasturida 44 ball yoki Foundation dasturida 98%).
Chet elda o‘qishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar talabalar uchun foydali resurslarimizdan ham foydalanishlari mumkin.
Kerakli hujjatlar va topshirish tartibi
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni tayyorlashlari kerak:
- CV (Yevropa standartlariga mos);
- Grant uchun onlayn ariza;
- Motivatsion xat (1000 tagacha so‘z);
- Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat;
- Akademik ma'lumotnoma va baholar ko‘chirmasi;
- GRE, TOEFL yoki IELTS natijalari.
Barcha hujjatlarni bitta PDF FAYLI ko‘rinishida [email protected] elektron manziliga yuborishingiz kerak.
Tugash muddati: 31-dekabr 2022-yil

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.