Kontrakt to'lovlari muddatlari qanday?
Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va yangi o'qishga kirgan abituriyentlar uchun kontrakt to'lovlarini amalga oshirish muddatlari belgilandi. Ushbu jadvalga rioya qilish o'quv jarayonidagi muammolarning oldini oladi.
Abituriyentlar uchun to'lov tartibi
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan to'lov miqdorining kamida 25% ni 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) to'lashlari lozim. Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari
Yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to'lovini amalga oshirishning so'nggi muddati 1-oktabr etib belgilangan (yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatgacha).
Barcha kurs talabalari uchun to'lov grafigi
Kontrakt summasini bosqichma-bosqich to'lash bo'yicha quyidagi muddatlar amal qiladi:
- 50% miqdoridagi to'lov: 1-yanvargacha;
- 75% miqdoridagi to'lov: 1-aprelgacha;
- 100% miqdoridagi to'lov: 1-iyulgacha.
Eslatib o'tamiz, xorijiy fuqarolar uchun to'lov muddatlari OTM rahbariyati tomonidan alohida belgilanadi. Talabalar uchun foydali maslahatlar va yangiliklarni kuzatib boring.
Siz ushbu muddatlar bo'yicha o'z fikringizni izoh qismida qoldirishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.