Kimlar kirish imtihonlari to‘lovidan ozod qilinadi?
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari, ya’ni 150 ming so‘mni tashkil etadi. Biroq, qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi abituriyentlar ushbu to‘lovdan ozod qilingan.
Imtihon to‘lovini to‘lamaydigan abituriyentlar toifasi:
- Joriy yilda ta’lim muassasalarini (akademik litsey, kasb-hunar maktablari) tamomlayotgan bitiruvchilar;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari);
- Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Agar siz mazkur toifalardan biriga kirsangiz, test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirishingiz shart emas. O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Abituriyentlar uchun foydali manbalar va eng so‘nggi yangiliklarni abituriyentlar uchun maxsus sahifamizda kuzatib boring. Shuningdek, imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida o‘z bilimingizni mustahkamlashni unutmang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.