KAIST Scholarship: Janubiy Koreyada bepul ta'lim imkoniyati
Janubiy Koreyaning nufuzli KAIST (Korean Advanced Science and Technology Institute) universiteti xalqaro talabalar uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e'lon qildi. Bu nafaqat o‘qish, balki yashash xarajatlarini ham qoplaydigan ajoyib imkoniyatdir.
Agar siz talabalar uchun yaratilgan bunday xalqaro dasturlarga qiziqsangiz, quyidagi ma'lumotlar siz uchun foydali bo‘ladi.

Grant tafsilotlari va imtiyozlar
- Davlat: Janubiy Koreya
- Universitet: KAIST
- Grant turi: Xalqaro to‘liq grant
- Manfaatli jihatlari: To‘liq o‘qish to‘lovi, bepul sug‘urta hamda oyiga 350 000 KRW (magistratura) yoki 400 000 KRW (doktorantura) miqdorida stipendiya.
- Kimlar uchun: Xalqaro talabalar
Universitet dunyo reytingida #96-o‘rinni egallaydi. O‘quv kurslari haqida bu yerdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Ariza topshirish tartibi
Ko‘plab yo‘nalishlar kesimida ta'lim olish imkonini beruvchi ushbu grant uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- Administrator sifatida Internet Explorer (IE) brauzerini ishga tushiring;
- BU YERDAN KAIST onlayn tizimiga kiring;
- Arizani to‘ldiring, kerakli hujjatlarni yuklang va 80 AQSh dollari miqdoridagi to‘lovni amalga oshiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.