JJ/WBGSP: Magistratura bosqichi uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant
Jahon Banki tomonidan taqdim etilayotgan The Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJ/WBGSP) xalqaro talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu dastur rivojlanayotgan mamlakatlar salohiyatini oshirish va bilim almashishga qaratilgan.
Grant uchun kimlar ariza bera oladi?
Nomzodlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi shart:
- Jahon bankiga a’zo bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo‘lish;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Grant dasturida ishtirok etuvchi universitetlardan biriga magistratura bosqichiga shartsiz qabul qilinganlik xatiga ega bo‘lish;
- Jahon Banki xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshi bo‘lmaslik.
Batafsil ma'lumotlar uchun talabalar uchun ajratilgan bo'limimizni kuzatib boring yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlar bilan tanishing.
Grantning manfaatli tomonlari
JJ/WBGSP dasturi g‘oliblarga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
- O‘qish joyiga borish va qaytish uchun aviachipta hamda yo‘l xarajatlari uchun stipendiya;
- Magistrlik dasturi uchun to‘lov va tibbiy sug‘urta xarajatlarining qoplanishi;
- Yashash xarajatlari (turar joy, ovqatlanish va o‘quv qo‘llanmalari) uchun oylik stipendiya.
Ariza berish jarayoni
Grantga ariza berish tartibi borasida to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali yuklab oling:

Qabul jarayoni va hamkor universitetlar ro‘yxati bilan rasmiy sahifa orqali tanishishingiz mumkin. Arizalar 2021-yil 21-may sanasigacha qabul qilinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.