Italiya universitetida magistratura: To‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi
Arxitektura va muhandislik yo‘nalishlarida xorijda ta’lim olishni istagan talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Alta Scuola Politecnica magistratura bosqichi uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturini e’lon qildi.
Dastur haqida umumiy ma’lumot
Barcha kurslar ingliz tilida olib boriladi va amaliy loyihalarga asoslangan. Talabalar muhandislik, arxitektura va dizayn sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar topish ustida ishlaydilar. Dastur ma’ruzalar, amaliyot darslari va guruh muhokamalarini o‘z ichiga oladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
- Arxitektura yoki turdosh sohalarda bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
- Innovatsion fikrlash va ijodiy yondashuv;
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar.
Grant nimalarni qoplaydi?
- O‘qish kontrakti to‘liq to‘lab beriladi;
- Xalqaro transport xarajatlari;
- Turar joy va ovqatlanish xarajatlari;
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratilgan mablag‘lar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjat topshirish jarayoni bilan ushbu havola orqali tanishing.
Foydali havolalar
Xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotganlar uchun talabalar uchun foydali maslahatlar va abituriyentlar uchun dolzarb yangiliklar bo‘limlarini kuzatib borishni tavsiya qilamiz.
Bog‘lanish uchun ma’lumot
ASP Politecnico di Milano
Piazza Leonardo da Vinci 32- 20133 Milano
Telefon: +39 02.2399.9801
Email: [email protected]

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.