Jamoat salomatligi texnikumlariga superkontrakt joriy etiladi

Jamoat salomatligi texnikumlariga kirishda o’tish balini to’play olmagan abituriyentlar uchun superkontrakt tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Batafsil ma’lumotlar.

3
Jamoat salomatligi texnikumlariga superkontrakt joriy etiladi

Jamoat salomatligi texnikumlariga kirishda yangi imkoniyat

Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklarga ko'ra, hukumat qarori loyihasida jamoat salomatligi texnikumlariga o'qishga kirishni istagan, ammo yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt (superkontrakt) tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

Ushbu tartib Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsati bilan, ta'lim muassasasining o'qitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lum bo'lganidek, tanlovda ishtirok etib, o'tish balidan past ball olgan abituriyentlar uchun superkontrakt miqdorlari quyidagicha belgilanishi ko'zda tutilgan:

Superkontrakt narxlari miqdori

  • O'tish baliga 3 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt to'lovining 2 barobari;
  • O'tish baliga 4-6 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt to'lovining 3 barobari;
  • O'tish baliga 7-9 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt to'lovining 4 barobari;
  • O'tish baliga 10-20 balgacha yetmagan hollarda – yillik kontrakt to'lovining 5 barobari.

Belgilangan mablag'lar belgilangan muddatlarda to'langandan so'ng, abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari o'quvchilar safiga qabul qilinadi. Abituriyentlar uchun ushbu yangilik o'qishga kirishda qo'shimcha imkoniyat yaratadi.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar