Ikki va uch tomonlama shartnoma: Qaysi birini tanlash kerak?
Oliy ta'lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berish jarayonida "Shartnoma turini tanlash" bandiga duch kelishadi. Ushbu tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish juda muhim. Keling, ikki va uch tomonlama shartnomalar o‘rtasidagi farqlarni tushunib olamiz.
Ikki tomonlama shartnoma nima?
Ikki tomonlama shartnoma — bu Oliy Ta’lim Muassasasi (OTM) va abituriyent o‘rtasida tuziladigan hujjatdir. Bu turdagi shartnomani kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yoki uning oila a'zolari to‘laydigan holatlarda tanlash kerak.
Qachon ikki tomonlama shartnoma tanlanadi:
- Kontrakt to‘lovi abituriyentning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsa.
- Bankdan ta’lim krediti olinayotgan bo‘lsa.
- To‘lov ota-onaning ish joyidan oylik maosh hisobidan to‘lansa.
Abituriyentlar uchun ushbu shartnoma turi eng keng tarqalgan va qulay hisoblanadi.
Uch tomonlama shartnoma nima?
Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va homiy tashkilot o‘rtasida imzolanadi. Agar o‘qish to‘lovini korxona yoki tashkilot o‘z zimmasiga olsa, aynan shu turdagi shartnoma tanlanishi shart.
Qachon uch tomonlama shartnoma tanlanadi:
- Kontrakt to‘lovini yuridik shaxs (homiy tashkilot) qoplab bersa.
- O‘qishni tugatgach, o‘sha tashkilotda ishlash majburiyati mavjud bo‘lsa.
- Homiy tashkilotning STIR raqamlari tizimga kiritilishi talab etilsa.
Xulosa
Shartnoma turini to‘g‘ri tanlash moliyaviy masalalarni tartibga solishda yordam beradi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib, o‘z tanlovingizni amalga oshirgan bo‘lsangiz, shartnoma turini tanlashda yuqoridagi qoidalarga tayanishingiz kifoya. Ta'lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.