Ichki perevod: yo‘nalish, shakl va tilni qanday o‘zgartirish?

Ichki perevod qoidalari: oliygoh ichida yo‘nalish, ta’lim shakli, til yoki guruhni o‘zgartirish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma va muhim muddatlar bilan tanishing.

6
Ichki perevod: yo‘nalish, shakl va tilni qanday o‘zgartirish?

Ichki perevod nima va u qanday amalga oshiriladi?

Ichki perevod – bu o‘qishni bir oliy ta’lim muassasasi doirasida boshqa yo‘nalish, ta’lim shakli, til yoki guruhga ko‘chirish jarayonidir. Ushbu maqolada ichki perevodning barcha turlari va ularni amalga oshirish tartibini tushuntiramiz.

1. Ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish

Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni tahlil qilib, yo‘nalishingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarga e’tibor bering:

✅ Mos va turdosh yo‘nalishlar

  • Ariza topshirish: 15-iyuldan 5-avgustgacha.
  • Platforma: transfer.edu.uz.
  • Qaror: OTM mas’ul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

⚠️ Noturdosh yo‘nalishlar

  • Ariza: transfer.edu.uz orqali onlayn yuboriladi.
  • Qaror: Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

2. Ta’lim shakli va o‘qishni tiklash

Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari o‘rtasida o‘tish hamda o‘qishni tiklash bo‘yicha barcha jarayonlar talabalar uchun yaratilgan transfer.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

3. Ta’lim tili va guruhni o‘zgartirish

Ta’lim tilini (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) yoki guruhni o‘zgartirish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim muassasasi dekanati tomonidan hal etiladi. Bunda ariza offlayn shaklda dekanatga topshirilishi kerak.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar