Jurnalistlar uchun $20,000 grant dasturi: Ariza topshiring

NewsPrice tashkiloti jurnalistlarning yangi loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun $20,000 miqdorida grant dasturini e’lon qildi. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

3
Jurnalistlar uchun $20,000 grant dasturi: Ariza topshiring

Jurnalistlar uchun $20,000 grant dasturi

NewsPrice tashkiloti o‘zining yangi va tashabbuskor loyihalariga ega, ammo moliyaviy ko‘makka muhtoj bo‘lgan jurnalistlar uchun umumiy qiymati $20,000 AQSH dollarini tashkil etuvchi grant dasturini e’lon qildi. Ushbu imkoniyat jurnalistika sohasini rivojlantirish va sifatli kontent yaratishni maqsad qilgan.

Grant shartlari va miqdori

Grantning o‘rtacha miqdori loyiha ko‘lamiga qarab $2,000 dan $2,500 gacha etib belgilangan. Mablag‘ ikki bosqichda ajratiladi: dastlabki qismi loyiha tasdiqlangandan so‘ng, ikkinchi qismi esa material to‘liq tayyor bo‘lib, chop etilgach to‘lab beriladi. Loyihalar ushbu mezonlarga mos kelishi shart.

Kimlar qatnasha oladi?

  • Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududida faoliyat yurituvchi jurnalistlar;
  • Jurnalistika sohasida kamida 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar;
  • Nodavlat tashkilotlar, freelancerlar, muharrirlar va jurnalistlar.

Ta’lim va rivojlanishga qiziqqan yoshlar uchun talabalar uchun foydali resurslar va barcha maqolalar bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Arizalarni ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin. Savollar yuzasidan [email protected] elektron manziliga murojaat qiling.

Eslatma: Grant mablag‘lari ofis ijarasi yoki texnik jihozlar xaridiga ajratilmaydi. Xarajatlar rejasi aniq hisob-kitob asosida bo‘lishi kerak. Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 1-dekabr 2021-yil.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar