Ijtimoiy toifadagi talabalar uchun foizsiz ta’lim krediti
Hukumat qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab ijtimoiy toifaga mansub hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 3,5 va undan yuqori bo‘lgan talabalarga foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Ushbu yangilik talabalar uchun o‘qish xarajatlarini qoplashda katta yengillik yaratadi.
Kimlar imtiyozdan foydalana oladi?
- Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va fanlarni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan talabalar;
- Foizsiz ta’lim krediti olish huquqiga ega bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib borish, ta’limdagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingizga yordam beradi.
Qarorni kim tasdiqlaydi?
Ushbu tartibni amalga oshirishda quyidagi tashkilotlar mas’ul hisoblanadi:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Mazkur imtiyoz talabalarni rag‘batlantirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda. Bu yangilik sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.